Skip to main content

SIUT professori Prezident e’tirofiga sazovor boʻldi

Samarqand xalqaro texnologiya universitetida davlat tiliga yuksak hurmat va muhabbat namunasi o‘laroq O‘zbek tili va madaniyati markazi tashkil etilgan. Mazkur markazda SIUT talabalari ozod va hur Vatanimizni qadriga yetish kerakligini chuqurroq his qilishlari uchun Vatan saboqlari darslari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu darslar yurtimizning ardoqli shoirasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi, O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, SIUT professori Xosiyat Bobomurodova tomonidan olib borilmoqda. Quvonarlisi shundaki, Xosiyat Bobomurodovaning samarali mehnati Prezidentimiz tomonidan ham yuksak e’tirof etildi.

President Message

“Siz oʻz faoliyatingiz davomida ona Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlida sidqidildan xizmat qilib, bugungi kunda ham Yangi Oʻzbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishdek sharafli ishga beqiyos hissa qoʻshib kelayotganingizni barchamiz minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz” — deyiladi Prezident tabriknomasida.

Universitet jamoasi Xosiyat Bobomurodovani ushbu e’tirof bilan tabriklab, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.