Skip to main content

SIUTda Xitoycha yangi yil shukuhi

Joriy yilning 7-fevral kuni Samarqand xalqaro texnologiya universitetida Xitoyda Yangi yilning kirib kelishi munosabati bilan – “Samarkand Lunar Fest” tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir quvonch va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi, unda talabalar tomonidan Xitoy milliy raqslari ijro etilib, “Taiji” jang san’atidan namunalar ko‘rsatildi. Bundan tashqari, festival doirasida yig‘ilganlar uchun qiziqarli viktorina tashkil etilib, viktorina ishtirokchilariga ajoyib sovg‘alar topshirildi. “Rose” va “My Chinese Heart” xitoy qo‘shiqlar ijrosi bayram kayfiyatiga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

ch03

ch04

ch05

ch02

SIUT Xitoy energetika instituti (CIEP) tomonidan tashkil etilgan tadbirda Samarqand shahridagi Konfutsiy instituti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan mehmon sifatida bir qator professor-o‘qituvchilar va talabalar ham tashrif buyurdilar. “Samarkand Lunar Fest” festivali turli madaniyat va an’analarga hurmat va ehtirom namunasi o‘laroq, SIUT professor-o‘qituvchilari, talabalari va barcha mehmonlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.