Skip to main content

SIUT talabasi Malayziyada Xalqaro yoshlar konferensiyasida ishtirok etdi

Global muammolar, yoshlar yechimlari: SIUT talabasi BMT formatidagi xalqaro konferensiyada qatnashdi.

Joriy yilning 26-29-yanvar kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Asia Youth International Model United Nations tomonidan “Strengthening Collaborative Action Plan for The Sustainable Development Goals” (Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun hamkorlikdagi harakatlar rejasini kuchaytirish) nomli xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

OdRu 2

Mazkur yirik xalqaro yoshlar konferensiyasida jami 40 davlatdan 600 nafardan ortiq delegatlar ishtirok etdi. Quvonarlisi, ular orasida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti “Tadbirkorlik va menejment” yo‘nalishi birinchi bosqich  talabasi Odilova Ruxshona ham bor.

Konferensiyada yosh ishtirokchilar BMT oldida turgan dolzarb global masalalarni muhokama qildilar. Muammolar yechimini topishda ular o‘zlari vakillik qilgan davlatlarning pozitsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Konferensiya dasturidan turli soha mutaxassislari bilan muhim uchrashuvlar ham o‘rin olgan. 3 kun davom etgan konferensiyada delegatlar oʻzlarini diplomat rolida sinab koʻrish, global muammolarni muhokama qilish va ularning yechimini topish unikal imkoniga ega boʻldilar.

“Asia Youth International Model United Nations doirasida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyasida ishtirokim men uchun dunyoning turli burchaklaridan kelgan yosh liderlar bilan fikr almashish va yangi do‘stlar orttirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Bundan tashqari, tadbir faqat diplomatiya va yetakchilik haqida emas, balki bu unutilmas his-tuyg‘ularni boshdan kechirish edi. Men o‘rganishni, o‘sishni va ajoyib odamlar bilan muloqot qilishni davom ettiradigan bunday tadbirlarda yana ko‘proq ishtirok etish niyatidaman”, — dedi Odilova Ruxshona.

OdRu 1

Ma’lumot uchun: Asia Youth International Model United Nations tashkilotining maqsadi butun dunyodan 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yetakchilarini jalb etish; yosh liderlarni biznes, texnik, madaniy va ijtimoiy harakatlarda bir-biri bilan hamkorlik qilish uchun birlashtirish hamda ularning yetakchilik, muzokaralar olib borish va diplomatiya sohasidagi malakalarini oshirishdir.