Skip to main content

SIUT kutubxonasi yetakchilar ro‘yxatida

2024-yil 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Axborot-kutubxona xizmati samaradorligini oshirish uchun jahon nashriyotlarining elektron resurslari” mavzusida mahorat-darsi o‘tkazildi.

infolib 5

infolib 4

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar  jahonning yetakchi nashrlari, elektron ma’lumotlar bazalari hamda o‘z kutubxonalarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradigan zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, kutubxonachilar orasida katta qiziqish uyg‘otgan “LITRES: Kutubxona ma’lumotlar bazasi”; “EBSCOHOST platformasi: ilmiy ma’lumotlarni qidirish uchun yangi imkoniyatlar”; “PROQUEST ma’lumotlar bazasi va kutubxonachining axborot xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha vazifalari”; “Oxford University Press nashriyotining ilmiy-ta’lim resurslari”; “EIFL konsortsiumi va chet el ilmiy-ta’lim ma’lumotlar bazalari tomonidan taklif etilgan imkoniyatlar” kabi taqdimotlar o‘tkazildi.

infolib 6

Tadbir doirasida EBSCO milliy loyihasi mahorat darsi yakunida “Zamonaviy kutubxonada EBSCO elektron resurslarini samarali boshqarish” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, SIUT kutubxonasi oliy ta’lim muassasalari ARM va kutubxonalari o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kutubxonasiga nasib etdi.

infolib 1

infolib 2

certificate

“SIUT kutubxonasi EBSCO elektron resurslariga kirish imkoniyatlarini yaratish va kengaytirishda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Jumladan, kutubxona saytida qidiruv satrini joylashtirish, qator vebinarlar tashkil etish, talabalar uchun bukletlar ishlab chiqish va kutubxonachilarning malakasini oshirish ishlari yuqori darajada bajarildi”, — deya ta’kidladi, EBSCO Information Services Inc. Markaziy, Sharqiy Yevropa va O‘rta Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Aleksandr Ritov.

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi axborot-kutubxona markazlarida «INFOLIB UZBEKISTAN-2024» XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazildi.

Kutubxona haftaligi doirasida 30 dan ortiq tadbirlar, jumladan seminar-treninglar, uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, tanlovlar va taqdimotlar, shu jumladan, “IV Yosh kutubxonachilar forumi”, “Betger kitobxonlik”, “Axborot-kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish” mavzusidagi seminarlar, axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida turli tanlovlar ham o‘tkazildi.