Skip to main content

Samarqand SUNning 10-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilmoqda

Samarqand — asrlar davomida ilm, madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasida turib, Sharq va G‘arbni bog‘lab kelgan shahar. Endi esa u, tarixda bo‘lgani kabi, yana bir bor Buyuk Ipak yo‘li tamaddunlarining yuragiga aylanmoqda.
2025-yilning 13–17 oktyabr kunlari Samarqand “Silk-Road Universities Network” (SUN) Ipak yo‘li universitetlar tarmog‘i tashkilotining 10-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilmoqda— bu yilgi yig‘ilish tarmoqning o‘n yillik tarixini nishonlab, ta’lim, fan va tinchlik yo‘lida yangi bosqichni boshlab berdi.

sun2025 2

sun2025 3

sun2025 4

Tadbirda 20 dan ortiq mamlakatlardan taniqli olimlar, universitet rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda. Anjumanda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, barqaror turizm va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

SUN o‘z yo‘lini “Serving the world through the spirit of Silkroadia” — ya’ni “Ipak yo‘li ruhi orqali insoniyatga xizmat qilish” shiori ostida boshlagan. Bu shior shunchaki ibora emas — u asrlar qa’ridan kelayotgan ulug‘g‘oya, qadimiy Ipak yo‘lining  chuqur ma’nosini o‘zida mujassam etgan tamoyildir.

Axir Ipak yo‘li — bu faqat savdo va karvon yo‘li emas edi. U madaniyatlar uchrashgan, ilm va san’at almashgan, xalq va xalqlar bir-birini anglagan yo‘l edi.

Bugun, sivilizatsiyalar kesishgan, ammo raqamli devorlar qad ko‘targan yangi davrda, SUN o‘sha tarixiy ruhi – Silkroadiani zamonaviy mazmun bilan boyitmoqda. Endilikda bu ruh texnologiya, raqamli innovatsiya va ta’lim sohalarida o‘z ifodasini topmoqda.

SUNning bugungi missiyasi — bilimni tinchlik vositasiga, texnologiyani insoniyat manfaatiga, ta’limni esa xalqlarni birlashtiruvchi kuchga aylantirish. Chunki zamonaviy universitet endi faqat ilm markazi emas — u madaniyatlararo muloqot, xalqaro birdamlik va barqaror taraqqiyotning mayoqidir.

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2023-yil fevral oyidan boshlab SUN’ning to‘laqonli a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu qisqa davr ichida SIUT xalqaro ta’lim maydonida o‘z ovoziga ega bo‘ldi — innovatsion yondashuv, raqamli ta’lim va xalqaro hamkorlikni birlashtirgan model sifatida.

2023-yil fevral oyida SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayev Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan VIII Bosh Assambleyada taqdimot o‘tkazib, universitetni xalqaro akademik hamjamiyatga tanishtirgan edi. Oradan bir yil o‘tib, 2024-yil noyabr oyida Italiyaning Neapol shahrida o‘tgan IX Assambleya SIUT uchun yangi bosqich bo‘ldi — bu safar universitet nafaqat ishtirokchi, balki xalqaro tanlov va tashabbuslarda muvaffaqiyat qozongan oliygoh sifatida e’tirof etildi. SIUT talabasi Elyor Sobirov esa WRICOS 2023–2024 xalqaro insholar tanlovida eng yaxshi 10 ishtirokchi qatoridan joy olgan.

SUN’ning 10-Bosh Assambleyasi ilk bor O‘zbekistonda, tarixiy va zamonaviy ruh uyg‘unlashgan Samarqand shahrida o‘tkazildi. Tadbir Canadian University Dubai (SUN rais universiteti), Ca’Foscari University of Venice (Italiya) hamda SUN Kotibiyati hamkorligida, uch mezbon universitet —  Samarqand xalqaro texnologiya universiteti Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan tashkil etildi.

Konferensiya Sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va kiberxavfsizlik asrida Ipak yo‘llari bo‘ylab tinchlikparvar va barqaror turizmni rivojlantirish: universitetlar uchun imkoniyatlar va muammolar mavzusida (Use of Technologies for Peaceful and Sustainable Tourism along the Silk Roads in the Era of Artificial Intelligence, Big Data, and Cyber Security) bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu, raqamli dunyo va insoniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatni izlayotgan bugungi avlod uchun beqiyos ahamiyat kasb etadi desak xató bo‘lmaydi.

sun2025 5

sun2025 7

sun2025 8

sun2025 9

sun2025 10

14-oktyabr kuni Silk Road turistik markazidagi Silk Road by Minyoun Hotelda o‘tgan tantanali ochilish marosimi tarixiy daqiqalarga boy bo‘ldi:

    • a’zo universitetlar bayroqlarining kirib chiqish marosimi;
    • elchilar va xalqaro mehmonlarning tabrik nutqlari;
    • SUN Kotibiyati, moliyaviy va audit qo‘mitalarining yillik hisobotlari;
    • Nobel mukofoti sovrindori Prof. Adam Fenechning ilhomlantiruvchi ma’ruzasi;
    • hamkor universitetlar tomonidan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi;
    • “Silk-Road Cultural Heritage Forum” taqdimotlarini o‘z ichiga oldi.

sun2025 11

sun2025 13

sun2025 14

sun2025 16

sun2025 19

sun2025 20

sun2025 21

sun2025 22

sun2025 23

Kechqurun esa Boqiy shahar turistik majmuasida o‘tkazilgan madaniy kecha mehmonlarga Samarqandning qadimiy jozibasini, milliy musiqalar va an’anaviy liboslar orqali Ipak yo‘li ruhi uyg‘unligini his ettirdi.

sun2025 12

sun2025 1

sun2025 27

“Bu yilgi yig‘ilish mavzusi texnologiyani fuqarolik jamiyatini barpo etish, kiberxavfsizlikni ta’minlash va tinchlikparvar, barqaror turizmni rivojlantirishga safarbar etish g‘oyasini ilgari surmoqda. Bunday dolzarb masalalarni hal etishda a’zo universitetlarning birdamligi va xolis yondashuvi asosiy kuchdir.” — Anvar Sayfullayev, SIUT o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori.

sun2025 15

sun2025 26

sun2025 25

sun2025 24

SUN o‘zining o‘n yilligini Samarqandda nishonlar ekan, bu shahar ramziy ma’noda insoniyatning umumiy merosi — ilm va tinchlik yo‘lidagi uzviylik timsoliga aylandi desak mubolag‘a bo’lmaydi. Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz assambeliya 17-oktabrga qadar davom etadi.