Yashil makon barpo etilmoqda
Joriy yilning 25-oktabridan 1-dekabriga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” deb e’lon qilindi. Mavsum “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Ko‘chat ekish aksiyasida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti jamoasi, jumladan, xorijiy professor-o‘qituvchilar va talabalar ham faol ishtirok etishdilar. Ushbu aksiya Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan universitet kampusida bo‘lib o‘tdi. Talabalar bo‘lajak kampus imkoniyatlari, noyob laboratoriyalar va texnopark bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
SIUT “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida muntazam ravishda daraxt ekish tadbirlarini o‘tkazadi. Xususan, joriy yilning bahorida Ohalik tog‘ tizmasida “Samarqandni asrash” tashabbusi doirasida ekologik tadbir o‘tkazilib, unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Do‘stlik bog‘i” barpo etildi.



