Skip to main content

SIUTda davlat granti asosida o‘qish uchun 35ta kvota ajratildi

SIUT kirish imtihonlaridan eng yuqori ball to‘plagan 35 nafar abituriyentlarga davlat granti asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.

Xorijiy va nodavlat OTMlariga davlat granti uchun kvotalar taqsimoti e’lon qilindi.

SIUTda davlat granti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha beriladi:

Joriy yil xorijiy va nodavlat OTMlariga davlat granti asosida o‘qish uchun 1 200 ta kvota ajratildi (oldingi yillari 1000 ta edi). Ushbu 1200 ta grant kvotasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliygohlar va ularning filiallari hamda nodavlat oliygohlarga eng yuqori ball bilan o‘qishga kirgan abituriyentlarga beriladi. Soddaroq tarzda aytganda, davlat xususiy universitetda o‘qiyotgan 1200 talabaning kontraktlarini to‘lab beradi.

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar shartnoma imzolash istagini bildirmagan taqdirda, shartnoma tuzish huquqi kirish imtihonlarida to‘plagan ballar ketma-ketligiga mos ravishda keyingi o‘rindagi abituriyentga beriladi.